Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/10/2021
Chop etish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘ldi.

Bugun Oliy ta’limi vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha  o‘rinbosari Yusuf Absoatov  Jizzax davlat pedagogika instituti faoliyati  xususan 5 tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xabaringiz bor 2020-yil 30-oktyabrda «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni imzolangan edi. Farmonda respublikada aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol bilan bir qatorda “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlaridan biri sifatida belgilandi. Bugungi kunda barcha avlod vakillari erkin harakatlanish va rivojlanishi uchun imkon beradigan sport turlarini tanlashga intilmoqda. Ammo barcha fuqarolar  xususan talaba yoshlar ham darsdan  keyin fitnes markazga borish uchun vaqt yoki iqtisodiy imkoniyat topa olmasligi mumkin. Institutda qurib foydlanishga topshirilgan Workout (mahalla va ko‘cha fitnesi) maydonchasi nafaqat talaba yoshlarga balki, ishlash va yashash joyi  yaqin bo‘lgan yurtdoshlarimizga ham istalgan vaqtda, hech qanday sarf-xarajatsiz shug‘ullanish imkonini beradi.

 

Vazir o‘rinbosari Yusuf Absoatov  “Workout”  maydonchasida  yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan ana shular xususida to‘xtaldi.

 

Institut qoshida  tashkil etilgan “Izlanish” talabalar klubining 100 nafarga yaqin a’zolari bor. Ularning aksariyati adabiyotga mehr qo‘ygan, ijod olamiga oshufta yoshlar. Oliygohda shuningdek, Talabalar teatr studiyasi faoliyat yuritmoqda. Bu maskan sahna  shinavandasi bo‘lgan  yoshlarni o‘zida jamlagan. Jizzaxlik talabalar orasida shuningdek, maqom san’atiga  qiziqadigan yoshlarimiz ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maqomchilar ansambli ham  tashkil etildi.  Oliygoh rektori Sh.S.Sharipov tashabbusi bilan  tashkil etilgan maqom ansambliga Eson Lutfullaev nomi berildi.

Oliy ta’lim vazir o‘rinbosari Yusuf Absoatov tashrifi  mazkur institutdagi pedagogik jamoa a’zolari, professor-o‘qituvchilar bilan ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, Prezidentimizning farmon va qarorlari bo‘yicha  qilingan ishlar yuzasidan  o‘tkazilgan uchrashuv bilan o‘z yakuniga yetdi.


Ulashish:
1 147
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.