Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/05/2021
Chop etish
E’TIROF

Bugun A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Sh. Rashidov tumani  hokimligi vakillari tashrif buyurishdi. Hokimlikning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassislari institut rektori qabulida bo‘lib oliygoh jamoasining “Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili ostida aynan Sh. Rashidov tumanining bir necha mahalla fuqarolar yig‘inida olib borayotgan ishlarda tashabbus ko‘rsatib tahsinga loyiq bir qator ishlarni amalga oshirayotgan institut rektoriga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Institut rektori Sh.S.Sharipov  ziyolilar tomonidan qilinayotgan ishlarning samarasi albatta natija berishini  e’tirof etar ekan Sh. Rashidov tumani hokimligi bilan doimiy hamkorlikka, ezgu maqsad yo‘lida birlashishga doim tayyor ekanligini bildirib o‘tdi. Suhbat so‘ngida institut rektori Sh.Sharipovga  hamda Magistrlar bo‘limi dekani R. Yormatovga Sh. Rashidov tuman hokimligining Tashakkurnomasi va kitoblar to‘plami topshirildi.


Ulashish:
1 231
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.