Olima ayollar safi kengaymoqda…
“Ayol ma’rifatli bo‘lsa, oila ma’rifatli bo‘ladi, oila ma’rifatli bo‘lsa -jamiyat ma’rifatli bo‘ladi”, Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanni oliygoh rektori Sh.Sharipov ana shu so‘zlar bilan ochib berdi. Bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika institutida ham olima ayollarimizning safi kengayotganini alohida ta’kidlab o‘tgan institut rektori ilmiy –amaliy anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
“Olima ayollar” uyushmasi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan onlayn ilmiy-amaliy anjumanda yurtmizdagi bir necha oliygohlardan olima ayollar ishtirok etishdi. “Yangilanayotgan O‘zbekiston olimasi: muammolar, tadqiqotlar, yechimlar” mavzusidagi anjumanda asosan gender tengligi, gender va ta’lim, xotin-qizlarning mamlkat ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari kabi mavzularda ma’ruzalr tinglandi. Qizg‘in munozara, savol javoblarga boy ilmiy-anjuman so‘ngida bir qator olima ayollarimiz taqdirlandi.