Jizzax davlat pedagogika universitetida Biologiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Adham Boqiyev, universitetga biriktirilgan mas’ul xodim Fozil Nizomov, Karyera markazi hamda “Kelajakka qadam” markazi vakillari ishtirok etdi.


Seminarda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes loyihalarini amalga oshirish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.


Shuningdek, imtiyozli kreditlardan foydalanish, biznes-reja ishlab chiqish, zarur hujjatlarni tayyorlash hamda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, talabalarning savollariga javob qaytarildi.
