Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldashevning talabalar bilan an’anaviy «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bu gal Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim oliy pedagogika maktabi yoshlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv iqtidorli talabalar ishtirokidagi konsert dasturi bilan boshlandi. So‘ng oliy pedagogika maktabi dekani Shahnoza Bo‘ronovaning yangi o‘quv yili rejalari va istiqboldagi vazifalar taqdimoti bilan tanishildi.












Ochiq muloqot davomida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turli tanlovlardagi ishtirokini kengaytirish, xorijda malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish hamda pedagogika sohasidagi taniqli ekspert Ravshan Ishmuhammedov ishtirokida seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.








Uchrashuv yakunida talabalarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.










