Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2020
Chop etish
«Suhbat-sayohat» tadbirlari davom etmoqda

Institut axborot-resurs markazining 2020-2021 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq «1-kurs maktabi» doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan «Suhbat-sayohat» tadbirlari davom etmoqda.

Kuni kecha boshlangan tadbirlarda 284 nafar 1-kurs talabalari ishtirok etgan bo‘lsa, bugun 13-oktabr kuni Jismoniy madaniyat, Tabiiy fanlar (Kimyo ), Tabiiy fanlar (Geografiya), O‘zbek tili va adabiyoti, Tarix fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika-psixologiya fakultetlaridan 595   nafar talaba  mazkur tadbirlarda qatnashdi. Tadbir davomida talabalarga axborot-resurs markazining ish faoliyati hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va undan foydalanish qoidalari to‘g‘risida  umumiy ma’lumotlar berildi.


Ulashish:
976
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.