Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2026
Chop etish
Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi

Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar talabalik davrining unutilmas lahzalari, do‘stlik va ijodiy izlanishlarning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.

Talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar va ijodiy chiqishlar oqshomga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Samimiy muhitda o‘tgan tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dodlarini namoyon qilish hamda o‘zaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Universitet talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar yoshlarning nafaqat ta’lim olishi, balki ijodiy salohiyatini rivojlantirishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham imkoniyat yaratmoqda.


Ulashish:
44
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar talabalik davrining unutilmas...
Yoshlar uchun ilmiy va innovatsion imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Giyohvandlikka qarshi profilaktik uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida «Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi doirasida profilaktik targ‘ibot...