Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida «Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi doirasida profilaktik targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet profilaktika inspektori tomonidan talabalarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda jamoat tartibi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.












Shuningdek, talabalarning huquq va majburiyatlari, odob-axloq qoidalariga amal qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.








Tadbir davomida targ‘ibot materiallari tarqatilib, narkoprofilaktika qutilari holati ko‘zdan kechirildi.
