Jizzax davlat pedagogika universitetida «Qatag‘on qurbonlari: tarixiy haqiqat, milliy xotira va ma’naviy meros» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qatag‘on siyosati tarixi, uning oqibatlari, qatag‘on qurbonlarining ilm-fan, ta’lim, adabiyot va madaniyat rivojidagi o‘rni, shuningdek, ularning boy merosini o‘rganish va targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.









Konferensiya doirasida ishtirokchilar universitet tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishdilar. Shuningdek, mavzuga oid ma’ruzalar tinglanib, shu’balarda ilmiy muhokamalar o‘tkazildi.
