Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10–11-sinf o‘quvchilari «Payshanba — rahbar va yoshlar uchrashuvi» hamda Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan JDPU Jismoniy tarbiya va sport fakultetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida bitiruvchi o‘quvchilar fakultetdagi ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda universitetda tahsil olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.




Shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda fakultet o‘rtasida memorandum imzolandi.







Hujjat doirasida talabalarni markazda amaliyot o‘tashga jalb etish, shuningdek, bitiruvchilarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
