Jizzax davlat pedagogika universitetida ETS (Educational Testing Service) bilan hamkorlikda TOEFL iBT rasmiy test markazining ochilishiga bag‘ishlangan “TOEFL Insight Day” xalqaro seminari tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari hamda ETS xalqaro tashkiloti vakillari ishtirok etdi.






Seminar davomida ETS mintaqaviy menejeri Anna Gutkovska-Zayach va ETSning Markaziy Osiyodagi vakili Sholpan Yergaliyevalar xalqaro baholash tizimlari va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan baholash yondashuvlari haqida ma’lumot berdi. TOEFL iBT imtihonining o‘ziga xos jihatlari, testga tayyorgarlik ko‘rishning samarali usullari hamda o‘qituvchi va talabalar uchun muhim tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.





Tashrif doirasida ETS vakillarining universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvlari hamda universitet rahbariyati bilan muloqoti tashkil etildi. JDPUda TOEFL iBT rasmiy test markazining faoliyat boshlashi talabalar, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik uchun xalqaro darajada tan olingan ingliz tili sertifikatini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur tashabbus universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarning xalqaro akademik mobilligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
