Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/09/2026
Chop etish
Jizzaxda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Xitoy Xalq Respublikasi bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Xitoy tili va madaniyati markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Zafar Azimov ochib berib, hududda Xitoy bilan iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Ayni paytda Jizzax  viloyatida Xitoy kapitali ishtirokidagi zavod va kompaniyalar faoliyat yuritayotgani, bu esa xitoy tilini biladigan mutaxassislarga ehtiyojni oshirayotgani qayd etildi.

Tadbirda Xitoy tomonidan Beijing Financial Street Education Investment Co., Ltd. Bosh partiya tashkiloti kotibi o‘rinbosari va Bosh direktori Wang Yuxi, boshchiligidagi xitoylik delegatsiya a’zoalri iishtirok etdi.

Markaz universitetning Pekin til va madaniyat universiteti hamda Beijing Financial Street Education Investment Co., Ltd. bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ta’kidlash joiz, joriy o‘quv yilidan universitetda xitoy tili yo‘nalishi ochilib, 50 nafar talaba qabul qilindi. Ularga Xitoy tilini ona tili sifatida biluvchi 4 nafar xitoylik mutaxassis dars bermoqda. Tadbir doirasida mutaxassislar ishtirokida xitoy tili darsi namoyish etildi va markaz faoliyati bilan tanishildi.

Marosim doirasida markaz faoliyati bilan tanishuv, «Qianfan — xalqaro maydonga chiqish tashabbusi» lavhasining ochilishi hamda xitoy tili o‘qituvchilarining madaniy-badiiy chiqishlari ham tashkil etildi.

Tadbir yakunida Xitoy delegatsiyasi va universitet rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot t o‘tkazilib, kelgusida Xitoydan ko‘proq malakali o‘qituvchilarni jalb etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalarni Xitoyda tahsil olish va malaka oshirishga yuborish masalalari muhokama qilindi.


Ulashish:
62
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xitoy Xalq Respublikasi bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Xitoy tili va madaniyati markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi....
“Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurоdov va Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori ishtirokida talaba-yoshlar bilan “Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida...
Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.