Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Universiada — 2016” sport musobaqalari bahslarida Viloyatimiz jamoasi vakillari dastlabki medallarga ega bo`lishdi.

Suzish bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida kechgan musobaqlarda erkin usulda 50 metrga suzishda Sirdaryo viloyati vakilasi Sevara Kuzimbekova bronza, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilasi Oydin Sultonova kumush, andijonlik Ra’no Omonova oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. SHuningdek, erkaklar o‘rtasida jizzaxlik Akbar Ikramov, Hikmatyor Xudoyberdievlar uchinchi, namanganlik Komil Xalilov ikkinchi, Artyom Puxnatiy faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Yuz metrga brass usulida suzishda esa Sirdaryo viloyati vakilasi Gulnora Raimova, andijonlik Elina Lyaxova hamda Toshkent shahri sharafini himoya qilgan Kamola Solihovalar mos ravishda oltin, kumush va bronza medallariga egalik qilishdi. Erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda toshkentlik Vladislav Mustafin birinchi, andijonlik Firdavs Musabekov ikkinchi va Jizzax viloyati vakili SHerdor Xo‘jamov uchinchi o‘rinni band etishdi.

Xuddi shu masofaga erkin usulda suzishda navoiylik Alyona Tomina oltin, Toshkent shahridan YUliya Kim Kumush va namanganlik Mohinur Ahmadjonova bronza medal sohibalariga aylanishdi. Erkaklar o‘rtasidaga bahslarda esa Navoiy viloyati sportchisi Xurshid Tursunov birinchi, jizzaxlik Javlon Jabborov ikkinchi hamda andijonlik A’zam To‘raxo‘jaev uchinchi o‘rinni egallashdi.