Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/08/2020
Chop etish
Mustaqillik solnomasi. 

Bino va Inshoatlar

EZGULIK ARKASI

Ezgulik arkasi 2005 yil 1 sentabrda qurib bitkazilgan, uzunligi 150 metr, ikki tomoni o‘n, o‘rta peshtoqi o‘n ikki metr balandlikka ega, qator ketgan o‘n oltita oq marmar ustunlardan iborat bo‘lib, Mustaqillik maydonida joylashgan «Mustaqillik va ezgulik monumenti» majmuasining bir qismi hisoblanadi.

 

Mustaqillik va Ezgulik Monumenti – Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov g‘oyasi bilan bunyod etilgan me’moriy – badiiy majmua. Ramziy ravishdagi yer sharida O‘zbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil O‘zbekiston mustahkam o‘rin olganini ifodalaydi. Mustaqillik monumenti bilan uyg‘unlashgan holda uning oldiga “Baxtiyor ona” haykali (haykaltarosh I. Jabborov) va maydonining quyi qismida Ezgulik arkasi o‘rnatildi. “Baxtiyor ona” mustaqillik tufayli yuzida shukronalik balqib turgan munis o‘zbek ayoli – baxtli oila timsolidir. Haykal quyida oq poyondozli yo‘l bilan Ezgulik arkasiga tutashadi. Ezgulik arkasini maydonning ramziy darvozasi deyish mumkin. Oppoq marmardan qad rostlagan bu me’moriy qurilma tepasidagi parvozga shaylangan baxt va tinchlik, farovonlik elchisi hisoblangan turna, laylaklar quyoshning zarrin nurlarida kumushdek tovlanib, dillarda ezgu tuyg‘ular uyg‘otadi. Arkaning baland va mustahkam ustunlari – mustaqil mamlakatimizning baquvvat tayanchlari ifodasidir. Mustaqillik monumenti va “Baxtiyor ona” haykali, Ezgulik arkasi oq poyondoz shaklidagi keng yo‘lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil etadi. Bular mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda o‘zida uyg‘un ifodalaydi.

 


Ulashish:
1 377
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi Speaking Club bo‘lib o‘tdi!
“Shanba – ijtimoiy faollik kuni” doirasida tashkil etilgan ushbu galgi Speaking Club talaba-yoshlarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, erkin fikrlash va muloqot madaniyatini oshirishga qaratildi.
Jizzaxda Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan tantanali saf yurishi o‘tkazildi.
Jizzax viloyatida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tantanali harbiy saf yurishi hamda “Otlar paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
“Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida sport tadbirlari boshlandi.
Barcha oliy ta’lim muassasalarida aprel va may oylari “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida shanba — ijtimoiy...