Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/02/2026
Chop etish
U18 O‘zbekiston chempionati: Jizzax viloyati jamoasi — chempion!

2026-yil 6–11-fevral kunlari Toshkent shahrida, Olimpiya shaharchasining basketbol maydonida U18 toifasidagi yoshlar va qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda kechdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jizzax viloyati jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritib, chempionlikni tantana qildi.

Jamoa tarkibida sardor sifatida maydonda harakat qilgan JDPU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 1-bosqich talabasi, “JDPU Ziyokor” jamoasi a’zosi Ma’mirova Sevinchning o‘yinlari alohida e’tirofga loyiq. U hal qiluvchi uchrashuvlarda jamoa g‘alabasi uchun katta hissa qo‘shib, yetakchilik fazilatlarini namoyon etdi.

Quvonarlisi, Ma’mirova Sevinch endilikda MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan (CAVA) Chempionlar ligasi musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida milliy terma jamoaning o‘quv-yig‘inlariga jalb etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
1 908
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.