Mazkur tadbir Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ne’matov Ozodbek Ne’matovich tomonidan olib borildi.
Seminar-trening “Yirtqich jurnallarni aniqlash va ularning turlari haqida ma’lumot” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir davomida doktorantlarga yirtqich jurnallarning asosiy belgilari, ularning turlari, ilmiy faoliyatga salbiy ta’siri hamda bunday jurnallarni aniqlash usullari haqida atroflicha ma’lumot berildi.



Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy misollar orqali xalqaro ilmiy nashrlar bilan ishlashda ehtiyot choralari, ishonchli jurnallarni tanlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar shakllantirildi.





Seminar-trening doktorantlarni ilmiy faoliyatda xato yo‘l qo‘ymaslikka undash, ularning ilmiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.
