Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti va “Sinergiya” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sinergiya” korporatsiyasining vitse-prezidenti Yerofeyev Mixail Valeriyevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv universitet rektori M.A. Yuldashevning Jizzax viloyatining iqtisodiy salohiyati va asosiy rivojlanish drayver yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlari bilan boshlandi. Shuningdek, universitet faoliyati, xususan, tibbiyot fakulteti haqida atroflicha axborot berildi. Uchrashuv davomida viloyat va universitet haqida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi hamda mehmonlarga universitet taqdimoti taqdim qilindi.

Shundan so‘ng muzokaralar boshlandi. Dastlab, tibbiyot sohasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida qo‘shma ta’lim loyihalari, rus tili va adabiyoti, maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya, inklyuziv ta’lim, turizm va menejment yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish, pedagoglarni malakasini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun: “Sinergiya” korporatsiyasi Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvchi yirik xususiy biznes-korporatsiya bo‘lib, ta’lim va biznes yo‘nalishidagi 50 dan ortiq tashkilot va kompetensiya markazlarini birlashtiradi. Korporatsiya ta’lim, marketing va texnologik xizmatlar sohasida keng ko‘lamli faoliyat olib boradi.


Ulashish:
2 546
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida Polshaning 8Foundry Alliance Global Cluster tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda texnologiya va innovatsion klasterlar bilan hamkorlikni kengaytirish, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish hamda Erasmus+, Horizon Europe kabi xalqaro dasturlar doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama...
Talabalar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni mustahkamlashga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda Aksilkorrupsiyaviy kovorking markazi hamkorligida Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti futbol jamoasi — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” chempioni!
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning futbol bo‘yicha final uchrashuvida Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Qoraqalpoq davlat universiteti ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi.