Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/05/2021
Chop etish
“9 may Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan “USTOZLARGA EHTIROM” tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbirning asrlar davomida xalqimiz tomonidan ezgulik, saxovat, sabr-qanoat, mehr-shavqat oyi sifatida nishonlanib kelinayotgan muborak Ramazon hayit bayrami arafasida o‘tkazilganligi ham alohida ahamiyat kasb etdi.

Jumladan, tadbir jarayonida institutda uzoq yillar davomida kutubxona mudirasi vazifasida ishlab kelgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan Aliqulova Sottixon, o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti katta o‘qituvchisi Hojimurod Imomov, jismoniy madaniyat fakulteti katta o‘qituvchisi O‘skanov Sarabeklarning holidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurgan institut rektori, prof.Sharipov Shavkat Safarovichni ko‘rgan faxriylarimiz uchrashuv davomida tashrif va e’tibordan behad quvonishganini, Muhtaram yurtboshimiz tomonidan yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha faxriylarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan behad mamnunligini, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, jumladan, oliy ta’limni rivojlantirish dasturi doirasida institutimiz bosh binosida katta ta’mirlash ishlari olib borilgani va butunlay zamonaviy qiyofa kasb etayotganini muntazam eshitib, kuzatib borayotganini, o‘zlari ishlagan davr bilan bugungi kundagi xodimlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni taqqoslab, har dam buning qadriga yetib, vatan taqdiri uchun fidoiylik bilan mehnat qilish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

 

Ushbu tadbir davomida institut faxriylaridan o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Hamdamov Po‘lat, tabiiy fanlar fakulteti dotsenti Ibodov Sa’dulla, rus tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Ernazarov Aliboy, fizika va texnologik ta’lim fakulteti katta o‘qituvchisi, f-m.f.n. Daniyarov Shermuxammat, matematika va informatika fakulteti dotsenti Nosirova Mavluda, san’atshunoslik fakulteti katta o‘qituvchisi Halimov Rajab, chet tillar fakulteti katta o‘qituvchisi Mamatqulova Zaynab, tarix fakulteti katta o‘qituvchisi Abdusaidova Ibodat, boshlang‘ich ta’lim fakulteti katta o‘qituvchisi O‘ralov Qaysarlarning ham xonadoniga tashrif buyurilib, ularga institut rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasining bayram sovg‘alari topshirildi.

 


Ulashish:
1 015
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.