Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
28/10/2019
Chop etish
Universiada-2019 musobaqalarining voleybol sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in pallada

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Universiada musobaqalarining saralash xududiy bosqichi qizg‘in pallaga kirdi. Viloyatimiz mezbonlik qilayotgan voleybol sport o‘yinlari har doimgidan murosasiz bo‘lmoqda. Xududiy saralash bosqichida qatnashayotgan Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati hamda mezbon Jizzax viloyatining shijoatli o‘g‘il-qizlari musobaqani ko‘tarinki ruhda o‘tkazishmoqda.

Dastlabki kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda Jizzaxlik talaba qizlar  Sirdaryolik tengdoshlarini 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatlari o‘rtasida kechgan bahsda viloyatdan tashrif buyurgan sportchilar 1-3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Kunning ikkinchi qismida o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi o‘yinlarga start berildi. Dastlabki bahsda Toshkent viloyati o‘g‘il bolalari Toshkent shahar jamoasi ustidan yirik 3-0 ustida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa Jizzaxlik o‘g‘il bolalar murosasiz kechgan bahsda qo‘shni Sirdaryo viloyati yigitlarini 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Musobaqalarning ikkinchi kuni keskin bahslar bilan boshlandi. Musobaqaga tashrif buyurgan muxlislar xayqirig‘i ostida mezbon Jizzax viloyati qizlari raqibalari Toshkent viloyati jamoasini 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib g‘alaba na’shidasini surishdi. Sirdaryolik qizlar Toshkent shahar qizlari qizlarni 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Musobaqalar davom etadi.

Voleybol(qizlar)

Jamoa O‘yin Ochko
1 Jizzax viloyati 2 6
2 Toshkent viloyati 2 3
3 Sirdaryo viloyati 2 3
4 Toshkent shahri 2 3

 

Voleybol(o‘g‘il bolalar)

Jamoa O‘yin Ochko
1 Jizzax viloyati 1 3
2 Toshkent viloyati 1 3
3 Sirdaryo viloyati 1 0
1 Toshkent shahri 2 0


Ulashish:
1 935
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.