Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/10/2019
Chop etish
Prezidenti sovrini uchun kurash

Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi halqaro  turnirda  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Xabaringiz bor, 5-6 oktabr kunlari Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha al Hakim at Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV xalqaro turnir o‘tkazildi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan musobaqada dunyoning ellikka yaqin davlatidan ikki yuz nafardan ziyod polvonlar ishtirok etdi. Xalqaro turnir yakuniga yetgach, tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Musobaqada o‘z vazn toifalarida  g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar 3000, 2000 va 1000 AQSh dollari bilan mukofotlanishdi. Mutloq vaznda birinchi o‘rinni egallagan polvon 10000 AQSh dollari, ikkinchi o‘rin sohibiga 5000 ming AQSh dollari, uchinchi o‘rinni band etgan kurashchi 3500 AQSh dollariga ega bo‘lishdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

 

 Ushbu an’anaviy xalqaro turnirnida Jizzax viloyatidan ham kurashchilar ishtirok etishdi . Ular qatorida   Jizzax davlat pedagogika instituti “Jismoniy madaniyat “ fakulteti 1 kurs talabasi Sidkulov Sanjar  ham ishtirok etib  55 kg vaznda 1 o‘rinni egalladi.

Oliygoh talabasi Sanjar Sidqulovni munosib sovrin bilan chin yurakdan qutlaymiz va kelajak ishlarida omad tilaymiz. Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati va talaba yoshlar Sanjar Sidqulov bilan faxrlanadi.

                                Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 349
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...