Savollar
Savollar
|
15/06/2022
Chop etish
5 yil ish stajga ega xotin-qizlarni о‘qishga qabul qilish haqida qaror chiqdimi?

JAVOB: Ha, shunday qaror chiqdi. Bu bо‘yicha Hukumatning 9 iyundagi 322-son qarori (https://lex.uz/pdfs/6056269) qabul qilindi.

Ammo!

Ushbu tartib bо‘yicha ayrim jihatlarni bilib qо‘yishingiz kerak.

Birinchidan, 5 yil staji bor hamma xotin-qiz о‘qishga kiradi, degani emas. Har yili 500 ta kontrakt uchun (grant yо‘q) joy ajratiladi. Masalan, 10 ming xotin-qiz tavsiyanoma olsa, shundan faqat 500 kishi mazkur tartib bо‘yicha qabul qilinadi.

Ikkinchidan, staji borlar imtihonsiz о‘qishga kiradi, degani emas. BARCHA tavsiyanoma olganlar testga albatta kiradi va yuqoriroq ball olishi kerak.

❗Tavsiyanoma ball qо‘shib bermaydi.

Uchinchidan, bu faqat kollej yoki texnikumni tugatganlar uchun amal qiladi, maktabni tugatib, о‘rta ma’lumot bilan ishlayotganlarga taalluqli emas.

Tо‘rtinchidan, bu faqat kollej/texnikum diplomidagi mutaxassislik bо‘yicha ishlayotganlarga amal qiladi. Masalan, bank kollejini tugatib, 5 yil tikuvchi bо‘lib ishlaganlarga tavsiyanoma berilmaydi.


Ulashish:
4 800
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yangi o‘quv yilida 3360 nafar yosh universitet talabalari safiga qo‘shilib, o‘z hayotining yangi va muhim bosqichini boshlamoqda.