Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/02/2018
Chop etish
Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari

ARM yangiliklari

          Joriy yilning 24 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi hamda ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida “Kafedralar kuni”  doirasida  yangi adabiyotlar targ’ibotiga bag’ishlangan “ Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir axborot-resurs markazining ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan o’quv zalida bo’lib o’tdi.

Tadbirni institut axborot-resurs markazi bo’lim boshlig’i M.Hayitova kirish so’zi bilan ochib berdi: “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish – davr talabi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 sentyabrdagi PQ-3271-qarori  ham aynan shu maqsadga qaratilgan bo’lib, ushbu qaror ijrosini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Kafedralar kuni” doirasida tashkil etilayotgan bugungi tadbirimiz markazimizga Amerika qo’shma shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan sovg’a tariqasida berilgan ingliz tilidagi o’quv adabiyotlarining taqdimotiga  bag’ishlanadi”.

Shundan so’ng, Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi G.Darvisheva   kitobning inson ma’naviyatini oshirishdagi o’rni va ahamiyati to’g’risida suhbat olib bordi va “Siz qanday kitob o’qishni afzal bilasiz? Elektron kitobmi  yoki nashr etilgan kitobmi?

Talabalar Normurodova Yulduz, Nurmurodova Nigoralar ushbu savolga ingliz tilida o’z fikrlarini bildirdilar.   Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi M. Umarqulova ishtirokchilarga xorijda ta’lim olish imkoniyatlari to’g’risida bir qator fikrlarini aytib o’tdi.

O’qituvchi Sh. Uzoqova  o’z ma’ruzasida  “Xorijda ta’lim olishni istaysizmi”?- degan savolni o’rtaga tashladi. Talabalar xorij ta’limi to’g’risida bahs-munozara yuritdilar.

Ishtirokchi talabalar D. Muxtorova, D. O’ktamovalar  ko’rgazmadagi xorijiy adabiyotlarning tavsifini ingliz tilida sharhlab berdilar.

Tadbir ishtirokchilari 86 nafarni tashkil etdi.


Ulashish:
1 661
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...