Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/01/2021
Chop etish
“XORIJDA TA’LIM OLISh IMKONIYaTLARI”

xalqaro seminar-trening va ko‘rgazma tafsilotlari

Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi “World.uz – O‘zbekistondagi chet elda oliy ta’lim agentligi” bilan hamkorlikda “Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari” mavzusida offlayn va onlayn seminar-trening va ko‘rgazma o‘tkazdi. Seminar-treningda World.uz kompaniyasining malakali mutaxassislari Chet tillar fakulteti o‘qituvchilarini xususan TESOL dasturi va boshka til o‘qitish dasturlari bilan tanishtirdi va Master-klass o‘tkazishdi. Kelgusida fakultet o‘qituvchilarini malakasini oshirish dasturini tayyorlash uchun maxsus surovnomalar ham  o‘tkazishdi.

Seminar- ko‘rgazmada  Chet tillar fakulteti va institutimizning barchaa fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari   ishtirok etishdi. Seminarni chet tillar fakulteti dekani Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich ochib berdi. Shundan so‘ng  World.uz kompaniyasining koordinatorlari Angliya, Germaniya, Turkiya, Koreya davlatlarining nufuzli univesitetlaridagi bakalavr va magistratura ta’limi, qisqa muddatli almashinuv dasturlari, malaka oshirish, ishlash va sayoxat qilish “Work and travel” dasturlarini taqdimot qilishdi.

Tadbir javomida  Zoom orqali Angliya va Germaniya  universitetlari vakillari bilan vebinar ham o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Taqdimotlardan so‘ng World.uz koordinatorlari tomonidan interaktiv o‘yinlar tashkil etildi va 40 ta talaba sahnaga taklif etildi. World.uz ta’lim dasturlari taqdimotlaridan savol-javob o‘tkazildi va barcha faol talabalar World.uz kompaniyasining sertifikatlari, futbolka va kepkalari bilan taqdirlandi

Tadbir so‘ngida Seminar-Eksponing barcha qatnashchilari World.uz kompaniyasi tashkil etgan kofe-breykdan bahramand bo‘lishdi, ishtirokchilarga turli xorij universitetlari broshyuralari, koordinatorlar tashrifnomalari va qiziqarli  ma’lumotlar bilan boyitilgan bukletlar  taqdim etildi.


Ulashish:
1 058
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.