Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
29/11/2019
Chop etish
1-dekabr Xalqaro  OITSga  qarshi kurash kuni

Jizzax davlat pedagogika  institutida  “1-dekabr Xalqaro  OITSga  qarshi kurashkuniga  bag‘ishlangan  ma’naviyma’rifiy  tadbir  tashkil  etildi.

«OITS kasali, o‘tkir virusli gepatit xamda ruhiy xotirjamlik kasalliklari va uning salbiy oqibatlari” mavzuiga bag‘ishlangan tadbirda  Jizzax viloyat  “Spidga qarshi kurash” markazi, ruhiy kasalliklar dispanseri, shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi mutaxassis shifokorlari, Jizzax davlat pedagogika instituti  talabalari va professor o‘qituvchilari  ishtirok etishdi. Jizzax viloyat “ Spidga qarshi kurash” markazi bosh shifokori  Munavvar Sodiqov o‘z ma’ruzasida  OIV/OITS infeksiyasining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash borasida ko‘plab ishlar olib borilayotganligini aytib o‘tish bilan bir qatorda  respublikamizda OIV infeksiyasining oldini olish va bemorlarga tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha chiqarilgan hujjatlar bilan ham  tanishtirib o‘tdi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

XXI asr vabosi nomini olgan OIV infeksiyasining oldini olish va kasallanganlarning hayot sifatini yaxshilash, OITS tarqalishining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash mavzuiga bag‘ishlangan tadbirda so‘zga chiqqanlar OIV/OITS kasalligining kelib chiqish tarixi, etiologiyasi, kasallikning dunyoda tarqalganligi, kasallik manbalari, kasallikning yuqish yo‘llari, qaysi holatlarda yuqmasligi, kimlar ko‘p kasallanishi va profilaktikasi bo‘yicha qiziqarli va mazmunli ma’ruza qilish orqali talabalarni ogohlikka da’vat etishdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Ma’ruzadan so‘ng  shifokor va mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
2 448
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yangi o‘quv yilida 3360 nafar yosh universitet talabalari safiga qo‘shilib, o‘z hayotining yangi va muhim bosqichini boshlamoqda.