2018 yil 28 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti kichik majlislar zalida fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining raisi o’rinbosari v.b. X.Eshmuratov, fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining sudyasi S.Nabiyevlar ishtirokida “Huquq sohasida amalga oshirilgan eng so’ngi ishlar” mavzusida ochiq davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida institut ma’naviy-ma’rifiy bo’lim boshlig’i F. Qo’shnazarov, institut yoshlar ittifoqi b/ yetakchisi S. Abduqodirov va 50 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to’liq javob berildi.
Ma’naviy ma’rifiy bo’lim uslubchisi
Ergashev Alimardon