Zo‘ravonlik nima? Siz tayziq va zo‘ravonlikka qanday kurashasiz?
Zo‘ravonlik nima? U nimasi bilan xavfli? Zo‘ravonlik nafaqat jabrlanuvchiga, balki ota, farzand, aka-uka yoki opa-singil, butun jamiyatga va bizning uzoq muddatli kelajagimizga ham ta’sir qiluvchi to‘lqindir.Bir so‘z bilan aytganda “Zo‘ravonlik qurboni” bugun biz uchun begona, ertaga esa qarindoshimiz, onamiz yoki opamiz bir kun kelib esa o‘zimiz ham bo‘lishimiz mumkin. Bu bizning, sizning yoki biz uchun begona bo‘lgan bir shaxsning xavfsizligi uchun ulkan to‘siqdir.
Xo‘sh mazkur to‘siqlar paydo bo‘lmoqda va yoki bartaraf etilmayapti?
Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida bo‘lib o‘tgan “Biz zo‘ravonlilkka qarshimiz” tadbirda ham aynan shu dolzarbmaasalaga bag‘ishlandi . Tadbirda ishtirok etgan Jizzax viloyat fuqarolik sudi raisi Akram Shukurov ,viloyat sudi sudyasi Shuxrat Mullajonov, IIB vakili Sayyora Xolmirzaevalar tarafidan zo‘ravonlik uning shaklarri, ruhiy, jismoniy zo‘ravonlik, oiladagi zo‘ravonlik, tayziq, tayziq va zo‘ravonlikdan jabr chekkanlar qanday huquqlarga ega ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. O‘z navbatida talabalar ham mavzu doirasida o‘z fikrlarin bildirish bilan bir qatorda, bola huquqlari, voyaga yetmaganlarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlikni oldini olish, ijitimoiy tarmoqlarda tahdidilar va zo‘ravonlikni targ‘ib qilayotgan kimsalarga ko‘rilayotgan choralar xususida aktual savollar bilan murojaat qilishdi.
Toshboyeva Hulkar
“YoSh IJODKORLAR” klubi a’zosi