Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

ZA’FARON (ZA’FARON) O’SIMLIGINING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

Dotsent Ortiqova Lola Soatovna Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistr Oripova E’zoza Ravshan qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti Talaba Fayzieva Dilshoda Jizzax davlat pedagogika universiteti   Annotasiya: Za’faron xalq tabobatida bebaho dorivor va xushbo‘y ziravorli giyoh hisoblanib,  o’simligining inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari qadimdan ma’lum. Hozirgi kungacha o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to‘g‘risida ma’lumot ilm fan olamida o’rganilib kelinmoqda. Kalit so’zlar: za’faron, giyoh, yetishtirish, o’simlik, dorivor, tabobat, foydali, quvvat, tarkib.   Ekma za’faron (Crocus sativus – za’faron posevnoy)ning gulchangchi (rыlsa)si asosiy xomashyo hisoblanib, tibbiyotda dori-darmon vositasi sifatida, oziq-ovqat sanoatida turli xil mahsulotlarga rang, hid va ta’m beruvchi ziravor sifatida foydalaniladi. Za’faronning o’simligi qadimdan dorivor vosita sifatida xalq tabobatida ishlatilgan (1-rasm).   1-rasm. Ekma za’faron (Crocus sativus)   Za’faron xalq tabobatida bebaho dorivor va xushbo‘y ziravorli giyoh hisoblanib, za’faron o’simligining inson salomatligi uchun foydali xususiyatlarini sharq mutafakkir olimlari Abu Rayhon Beruniy (1974), Abu Ali ibn Sino (1994) o‘z asarlarida ishlatish uslublarini keltirib o‘tganlar . Abu Ali ibn Sino «Al-qonun» asarida 900 ga yaqin o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Asarda za’farondan 100 dan ortiq kasalliklarni davolashda foydalanilishini qayd etgan. Abu Ali ibn Sinoning ma’lumotlariga ko‘ra, za’faron burishtiruvchi va erituvchi bo‘lib, burishtirish va elimlash xususiyati bo‘lganligidan etiltiruvchi xususiyati ham bor. Issiqligi mo‘tadil bo‘lganligi uchun tomirdagi har xil tiqilmalar yoki tromblarni davolashda foydalaniladi. Ichki a’zolarni kuchaytiradi, tana terisi rangini chiroyli, ko‘zni ravshan qiladi va yurak faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek, balg‘am ko‘chishini osonlashtirib, nafas a’zolarining faoliyatini maromga soladi. Shuningdek, za’faronning o’simligi, ya’ni gulchangchilari damlab ichilganda tana terisini silliqlashtiradi, terida qizillik va jilo paydo qilish xususiyatiga ega bo‘lib, chiroyni ochadi. shish va jarohat izlarini silliqlashtiradi. Ko‘z a’zolariga ijobiy ta’sir etadi, ko‘zning ko‘rish qobiliyatini oshiradi, ko‘zdan oqadigan har xil ajralmalarni to‘xtatadi. Yurak quvvatini oshiradi, zotiljam xastaligida bemorga hidlatilsa tinchlantiradi va uxlatadi. Ayniqsa, za’faron yog‘i nafas yo‘llarini tozalaydi, nafasni ravonlashtiradi va nafas a’zolari faoliyatini kuchaytiradi. Jigar va oshqozonning quvvatini kuchaytiradi. Jolinus (Galen)ning fikricha, za’faron o’simligining harorati uning xususiyatiga ko‘ra kuchliroq bo‘lib, yog‘i qizitish xususiyatiga ega. Za’faron organizmdagi barcha tabiiylikni saqlab qoladi va zaiflikning oldini oladi. Ichki a’zolar quvvatini oshiradi. Agar za’faron me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bosh og’rig’I paydo qiladi, uyquni keltiradi, sezishni susaytiradi yoki ko’ngilni aynitadi . Shuningdek: – qaynatmasi qon bosimini tushiradi; – katta dozasi bachadonni qo‘zg‘atadi yoki kichik dozasi qisqartiradi – issiq mijozli insonlar ko‘p ishlatsa bosh og‘irlashadi. Za’faron o’simligi tarkibida, karotinoidlar (krotsin, pikrorkrotsin), flavonoidlar, efir moylari (za’faronal), V, V2 vitaminlari, yog‘, azotli moddalar, qandlar, kaliy va kalsiy birikmalari mavjud. Rasmiy tibbiyotda za’faronning engil tetiklashtiruvchi, ayollar hayz jarayonlarini mo‘tadillashtiruvchi, tug‘ruqdan keyingi og‘riqni qoldiruvchi, gepatit, qonli ich ketishining oldini olishda va undan tayyorlangan surtma esa tuxumdon shamollashi, gemorroy, tomir tizimining tortishish kasalliklarida, ko‘z kasalliklarida qo‘llaniladi. O‘simlikning suvli eritmasi tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, ich ketish, siydik haydovchi antispazmatik, antiseptik xususiyatga ega, bundan tashqari, jigar, oshqozon hamda yurak xastaliklari kasalliklarida keng qo‘llaniladi. Za’faron eritmasi stenokardiya, yurak funksional kasalliklarida, qon kasalliklarida (leykemiya), jinsiy a’zolar funksiyasini kuchaytiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Ushbu o‘simlikni kimyoviy va farmatsevtik xususiyatlari borasida keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida o‘simlikning urug‘chisi tarkibida saraton kasalliklarida qo‘llash mumkin bo‘lgan moddalar mavjudligi. Za’faron oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda qadimdan ishlatilib kelingan. O‘simlikning gul ustuncha- larida 50 foizdan ortiq bo‘yovchi modda krotsin yoki polixroit, 2,7 foiz yog‘, 0,32 foiz efir moyi, shuningdek, V, V2 vitaminlari, azotli moddalar, qandlar, kaliy va kalsiy birikmalari mavjudligi sababli, u qo‘shilgan  oziq-ovqat mahsulotlari bir necha kun o‘z sifatini yo‘qotmaydi. Za’faron tarkibi jihatidan shunisi bilan xarakterliki, uning ozgina miqdori, ya’ni 6-7 tomchisi (spirtdagi eritmasi) 1 litr yoki 1 kg ozuqaga rang, ta’m berish xususiyatiga ega. O‘simlik o‘ziga xos xushbo‘y hidga ega bo‘lganligi, taomga yorqin rang va ta’m berganligi sababli ularni tayyorlashda tabiiy yoki rasmiy ravishda foydalanilgan. Qandolat mahsulotlari pechene, keks, pirog, turli bulochka, turli kremlar, muzqaymoq tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, saryog‘, pishloqlarga rang berishda, salqinlantiruvchi ichimliklarga xushbo‘ylik berishda, hatto choy hamda kofeni sifatli va xushxo‘r qilishda ham ishlatiladi.     Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  1. O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 2017 yil 21 avgustdagi 114-sonli yig‘ilish bayonining “Respublikamizda za’faron (shafran) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika sanoati ehtiyojlarini ta’minlash va eksportbop dorivor o‘simliklarni  ko‘paytirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi EDO-03/1-421-son qarori
  2. Abu Ali ibn Kanon vrachebnoy nauki. Izbrannыe razdelы. V 3-ch. (sostaviteli: Karimov U. I., Xurshut E. U.)- Tashkent: MIKO. –Fan, 1994.- 1 ch. –400 s., 2 ch. –360 s., 3 ch. –232 s .
  3. Askerov Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Denizbank” hamkorligida tayyorlangan “100ta kitob”dan iborat to‘plami SHafran. – Baku : Azerneshr, 1934. – 113 s .
  4. Garagezov G., Gasыmov  K. G., Serkerov S.V.,  Novruzov E.N., Muradov P.Z., SHaxmuradov I.A. Strategiya izucheniya bio – logii Apsheronskoy populyasii shafrana (Crocus sativus L.) // AMEA-nın Xəbərləri (biologiya və tibb elmləri), 2017. – Cild 70.№2. – s.164-173.
  5. Zemlinskiy E. Lekarstvennыe rasteniya SSSR. – M.: Medgiz, 1958. – 608 s .
  6. Mahmudov V. Crocus turkumi turlarining O‘zbekiston sharoitida introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari: Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2017. – 44b