Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/04/2026
Chop etish
JDPUda sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi sport bayramiga aylandi.

Tadbir professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan jamoalarni e’tirof etish bilan boshlandi.

Shuningdek, marosim davomida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning fakultetlararo bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda Talabalar ligasi sport musobaqalarining hududiy bosqichida yuqori natijalarga erishgan jamoalar ham munosib taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda universitetda sportni rivojlantirish va talabalarni jismoniy faollikka keng jalb etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Erishilayotgan natijalar buning yaqqol isbotidir. Xususan, Talabalar ligasi doirasida o‘tkazilgan 12 ta sport turining 10 tasi bo‘yicha universitet jamoalari 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritgani oliygohda sport infratuzilmasi va moddiy-texnik bazaning mustahkam shakllanganidan dalolat beradi.


Ulashish:
349
Boshqa rubrikalarda mashhur

Malaka oshirish kurslari dolzarb mavzularda davom etmoqda
Malaysiyada 22 nafar professor-o‘qituvchi uchun tashkil etilgan 2 haftalik malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.