Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
25/04/2026
Chop etish
“Geografiya ta’limini modernizatsiyalash sharoitida yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “Aydarko‘l Resort” majmuasida bo‘lib o‘tgan mazkur anjuman geografiya ta’limining bugungi holati, ustuvor yo‘nalishlari hamda global ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimida fan rolini muhokama qilishga qaratildi.

Konferensiyada O‘zbekiston va xorijiy ilmiy muassasalar, jumladan, geografiya jamiyatlari, yetakchi universitetlar vakillari, professor-o‘qituvchilar, olimlar va talabalar ishtirok etdi.

Ma’ruzalar doirasida geoekologi a, gidrologiya, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni kabi dolzarb yo‘nalishlar yoritildi.

Shuningdek, yalpi majlis va 4 ta sho‘ba yig‘ilishlarida geografiya ta’limining strategik vazifalari hamda mintaqaviy rivojlanish masalalari keng muhokama qilindi.

Anjuman Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida tashkil etilgani bilan ahamiyatli bo‘lib, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minladi. Yakunda geografiya ta’limini rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va malakali pedagog kadrlar tayyorlash yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.


Ulashish:
1 027
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.