Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/07/2022
Chop etish
Yurti tinchning-eli tinch…

Bugun ijtimoyi tarmoqlar va OAV orqali Nukusda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardan har birimiz xabardormiz. Qo‘shni Qozog‘iston zaminida avj olgan harbiy harakatlar, bizga yaqin mamalakatlar  chegarasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlarni hali unutganimiz yo‘q. Bu tartibsizliklar va to‘polonlar ortida faqatgina oddiy siz-u biz kabi insonlar jabr chekkanidan har biringiz xabardorsiz. Bag‘rimizda  bir el, bir tan bo‘lib yashayotgan qoraqalpoq elini  buzg‘unchilikka chorlayotganlarni ko‘rib nafratimiz oshgani rost. Qadri ulug‘, bebaho ne’mat — tinchligimizga qardoshligimizga ko‘z tegdimikin? Nima bo‘lganda ham necha asrlardan buyon ko‘rinmas rishtalar orqali mustahkam bog‘lanib kelayotgan birligimizga  hech kim rahna solmasin.

Bilib –bilmay o‘z jonini xatarga qo‘ygan qoraqalpoq og‘alarimizni kim bu ko‘yga soldi?  “Urushning kengashi yo‘q…”, degan naql bor xalq orasida. Ijtimoiy tarmoqlar orqali berilayotgan xabarlar, fikrlar jangi va tushunmovchiliklardan foydalangan va foydalanishga urinayotgan niyati  buzuqlarni  ko‘rib-eshitib  diling vayron bo‘ladi. Shukr davlat rahbari Sh.Mirziyoyevning vaziyatni tezroq o‘nglash uchun  qo‘llagan oqilona yurishi. Aniq harakatlari tufayli Nukusda vaziyat barqarorlashdi, yaxshi xabarlarni eshitayapmiz.

“Urush ayirar,Tinchlik topishtirar” deydi dono xalqimiz. Azaldan bir tan-bir jon bo‘lib yashayotgan qoraqalpoq va o‘zbek xalqini tinchlik topishtirgani rost bo‘lsin.

“Yurti tinchning-eli tinch”, deydi xalqimiz. Haq gap.Notinchlik hukm surgan joyda baraka bo‘lmaydi, xalq xavotir va hadikda yashaydi. Kelajakka ishonchi so‘nadi.

Shu lahzalarda barcha yurtdoshlarimizni hamjihatlikka  chorlaymiz. Biz hamjixat bo‘lmas ekanmiz, oldinga siljishimiz va katta kichik muammolarni yechishimiz  juda qiyin kechadi. Azizlar turli “Fitnalar” qurboniga aylanmaylik. Tinchlik va osoyishtalik bashariyatga in’om etilgan ulug‘ ne’mat. Boshimizga musibat yo kulfat yog‘ilmasidan avval uning qadriga yetishni o‘rganishimiz lozim. Shukronalikning asl mag‘zi ham shu aslida.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori prof. Sh.Sharipov


Ulashish:
997
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.