Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasini tarqalishini oldini olish”

Jizzax davlat pedagogika instiutida o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi… Bugungi  kunda global muammoga aylangan, insoniyatni o‘ylantirayotgan, ota-onalarni tashvishga solayotgan yoshlar orasida giyohvandlik hamda xalkaro miqyosda vaboga qiyoslangan, eng xavfli kasallik OIV infeksiyasining tarqalishidir. Ushbu kasallikning oldini olish, unga qarshi kurashish, yoshlarga ko‘proq  ma’lumot berish  maqsadida tashkil etilgan tadbirga  soha mutaxassislari hamda huquq tartibot idoralari vakillari taklif etildi. Dunyoda har yili qariyib 300 million kishi giyohvandlik qurboniga aylanadi. 2020 yilning o‘zida O‘zbekistonda 5707 nafar giyohvandlik holatlari aniqlangan bo‘lib, shulardan 922 tasi 28 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar, 239 tasi ayollar o‘rtasida aniqlandi. Yurtimizda  katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, yoshlar jamiyat hayotining turli jabhalarini egallab borayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o‘smirlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo‘lishayotgani barchimizni tashvishga soladi.  Ma’lumotlarga qaraganda 2020 yilda 38 nafar oliy va o‘rta maxsus muassasalari talabalari hamda maktab o‘quvchilari giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urgan. Ulardan yarmi Toshkent shahri va viloyati hududiga to‘g‘ri keldi. Aytish joizki, giyohvandlikning yoshlar o‘rtasida tarqalishi kattalarga qaraganda  ancha xatarlidir.   Tadbirda so‘zga chiqqanlar joriy yilning fevral oyi “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasini tarqalishini oldini olish”  oyligi deb e’lon qilinganligi, shu munosabat bilan respublikamiz bo‘yicha yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan turkum tadbirlar, davra suhbatlari tashkil qilinayotganligi, giyohvandlik vositalari, ularning turlari tarkibida giyohvand moddalar bor psixotrop dori-darmonlar va unga tobe bo‘lb qolgan insonlar, noxush hodisalar oqibatida insoniyatga  qolaversa jamiyatga yetkazilayotgan zarar, inson umrining xazonga aylanishi xususida fikrlar bildirishdi. Tadbir so‘ngida mavzuga oid videoroliklar yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish etildi. Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB bo‘lim boshlig‘i  podpolkovnik A. Matlyubov, Jizzax viloyati IIB JQB boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor ishlar vakili F.Azgarov, Jizzax viloyati  IIB JQB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik E.Akabaev, Jizzax viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi O‘MIB tezkor vakili mayor G‘. Bo‘ronov Jizzax viloyati Narkologiya dispanseri shifokori A.Ropijonov, Jizzax  viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi o‘rinbosari  A.Xolboev, institut  professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati