Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/11/2020
Chop etish
“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” Sa’natshunoslik fakulteti misolida

Bugun Jizzax davlat pedagogika instituti Sa’natshunoslik fakulteti jamoasi birinchilardan bo‘lib “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” ma’naviy –ma’rifiy tadbirini boshlab berishdi. Unda institut professor o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqan institut rektori Sh.S.Sharipov Prezidentimizning 2020 yildagi parlamentga Murojaatnomasi hamda O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini tahlil etib, O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyatidagi asosiy masalalar haqida  ham to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda shuningdek muvafaqqiyatlarga erishgan talabalar, “Yil talabasi” tanlovida yuqori o‘rinlarni egallagan talabalar munosib taqdirlandi.

 

 


Ulashish:
1 168
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...