Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan  boshlanadi”

Jizzax davlat pedagogika institutida Boshlang‘ich ta’lim hamda Fizika va texnologik ta’lim fakultetlari, Zomin tumani 26-umumta’lim maktabi hamkorligida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Tadbirni institut prorektori  G‘.Qodirov  kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek tadbirda  tashkilotchilar  ham o‘z fikrlarini bildirishdi. Zomin tumanidan kelgan maktab bitiruvchilari  Institut axborot resurs markazi, “Madaniyat saroyi”, “Qatag‘onlar muzeyi”, “TEAM PARK” Smartxona va  Sport maydonlarini birma bir aylanib u yerdagi faoliyat bilan tanishib chiqishdi. tadbir so‘ngida o‘quvchilar oliygoh fakultetlari, sinfxonalarda bo‘lishdi va  Tayyorlov o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.