Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/12/2020
Chop etish
Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”  Zomin tumani 26- umuta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Jizzax viloyat halq ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil qilingan ushbu tadbir Zomin tumanidagi 26 umuta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-4884 sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan ushbu tadbir “Mo‘yqalam sehri”, “Musiqiy tarannum”, “Sport sog‘lik garovi” mavzularidagi institut talaba yoshlarinig ko‘rgazmali namoyishi bilan boshlandi.

 

 

Shundan so‘ng institut professor-o‘qituvchilari o‘zlariga belgilangan sinflarga kirib Mahorat darslarini boshlab yuborishdi. O‘ziga xos, suhbat tarzda bo‘lib o‘tgan darslarda o‘quvchi yoshlar kelajakdagi orzu va maqsadlari haqida so‘zlab berishdi. O‘z navbatida ustozlar o‘quvchilardagi  fanlarga bo‘lgan  qiziqish va intilishlariga qarab kerakli  tavsiyalarni ham berib o‘tishdi.

Ta’kidlash joiz Zomin tumani “Tig‘iriq” QFY dagi 26 o‘rta ta’lim maktabida bugungi kunda 350 nafarga yaqin o‘quvchilar tahsil olishadi. Ularga 40 nafar pedagoglar ta’lim -tarbiya berishadi. Afsus bilan qayd mumkinki, bu yil ushbu ta’lim maskanini 37 nafar bitiruvchi bitirgan bo‘lsada ulardan atigi 1 nafari Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bu esa juda achinarli holat.  Oliygoh va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mana shunday vaziyatlarga barham berish.

O‘quvchi yoshlarni iqtidori va bilimiga qarab kasbga yo‘naltira bilishkabi ezgu  maqsadlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan  ushbu tadbirni Jizzax davlat pedagogika  institutining ilmiy  kengashi hamda maktab pedagogika kengashining kengaytirilgan qo‘shma majlisi davom ettirdi.  Unda asosan institutga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarni ilg‘or tajribalarni joriy qilish maydonchasiga aylantirish, o‘qituvchining IT kompetensiyalarini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatni yanada rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida so‘z bordi. So‘zga chiqqanlar bu borada o‘z fikr mulohazalari va takliflarini ham bildirib o‘tishdi.

Ikki taraflama hamkorlik ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda kelajakda  yetuk kadrlarning yetishib chiqishiga xizmat qilishi yana bir bor ta’kidlandi. Tadbir so‘ngida institut  jamoasi maktab o‘quvchilari uchun proektor va kitoblarni taqdim etishdi. Tadbirga  institut Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalaridan tashkil topgan badiiy jamoaning mahoratli chiqishlari yakun yasadi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 678
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.