Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/09/2022
Chop etish
Yangi o‘quv yili boshlandi: Talabalar xush keldingiz!

Bugun, 5-sentabrdan Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2022/2023 o‘quv yili boshlandi.

Shu munosabat bilan  barcha oliy ta’lim muassasalari kabi Jizzax davlat pedagogika universitetida ham 2022/2023 o‘quv yili boshlanishi oldidan «Yangi O‘zbekistonda, el aziz, inson aziz » shiori ostida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda oliygoh professor-o‘qituvchilari va talabalik safiga qabul qilingan yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni universitet rektori Sh.Sharipov ochib berdi. U o‘z tabrigida talabalarni va butun jamoani  Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etib, talabalikka tavsiya qilingan talabalarni esa yangi o‘quv yili bilan tabrikladi, shuningdek ularning kelajakda o‘zlariga maqsad qilib qo‘ygan marralarga yetishishlari uchun omadlar tilab, yurtimizda ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar tufayli  oliy ta’lim tizimida ham muhim o‘zgarishlar  bo‘layotganini alohida e’tirof etdi.

 

Shundan so‘ng tadbirda ishtirok etgan faxriy o‘qituvchilar, so‘zga chiqib, mustaqillik buyuk ne’mat ekanligini, farzandlarimizni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar mavjudligini ta’kidlab, universitet talabaligi baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarlarga yurtimizga munosib farzand bo‘lib, oliygohni a’loga bitirib magistr unvonlariga sazovor bo‘lishlari uchun tilaklar bildirishdi.

 

Boshlanayotgan yangi o‘quv yilida barcha professor-o‘qituvchilarga mehr bilan talabalarga dars berishlariga, talabalar esa bor kuch-g‘ayratlari bilan ta’lim olishlariga tilakdoshmiz.

Fursatdan foydalanib, birinchi bosqichga qabul qilingan, Jizzax davlat peadgogika universitetida tahsil olish baxtiga sazovor bo‘lgan barcha yoshlarimizni tabriklaymiz!


Ulashish:
791
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...