Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
10/06/2019
Chop etish
Yana bir tashabbus ijrosi amalda

 Joriy yilning 8 iyun kuni Jizzax davlat pedagogika institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 2 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida yangi basketbol maydonchasi foydalanishga topshirildi deb xabar qiladi JDPI matbuot xizmati. Dastavval tadbir sharqona udum va azaliy qadriyatlarimiz timsoli sifatida hayotimizdan chuqur o‘rin olgan o‘tganlarni yod etib, ular ruhiga qur’on tilovat qilish bilan boshlanib,quruvchilar tomonidan ramziy kalit toshirilishi va lenta qirqish marosimi barcha ishtirokchilar tomonidan ezgu niyatlar qilinishi bilan yakunlandi. Tadbir ochilishida  institut pofessor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Institut moliya iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Azamjon Avazov, jismoniy tarbiya fakulteti dekani Olimjon Muqimov, institut sport klubi raisi Xoshimjon Komilovlar tadbirda so‘z olib, talabalarga Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ijrosini ta’minlashda faol fuqarolik pozitsiyalarini namoyon qilishlarini ta’kidlab, muvaffaqiyat va zafarlar tiladi. “Bugun har tomonlama yosh avlodda sportga mehr o‘rgatish, sporchilarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.Yildan yilga davlatimizning sport sohasida erishayotgan yutuq va natijalari dunyoni lol qoldirmoqda. Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan ona yurtimiz azaldan o‘zining pahlavon kelbat polvonlariyu, alp o‘g‘lonlari bilan o‘rnak va namuna bo‘lib kelgan. Institut o‘zining shonli tarixida Jahon chempionlari va Osiyo sovrindorlarini yetishtirib chiqardi. Bugun foydalanishga topshirilayotgan mazkur basketbol maydonchasida kelajakda mashhur basketbolchilar yetishib chiqishiga aminman” deb ta’kidlaydi- institut mehnat faxriysi, pedagogika fanlari nomzodi Turg‘unjon Xoldorov. Tadbir jismoniy tarbiya fakultet talabalari tomonidan saralangan basketbol sport musobaqasi bilan davom ettirildi.


Ulashish:
1 032
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...