Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/04/2017
Chop etish
Zukko kitobxonlar intyellyektual o‘yini

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi tomonidan joriy yilning 10 aprel kuni Jizzax Davlat pedagogika institutida, Jizzax Politexnika institutining “Yosh bilimdonlar” hamda Jizzax Davlat pedagogika institutining “Zukkolar” jamoalari o‘rtasida “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini tashkil etildi.

kam3Musobaqada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyat Kengashi raisi O.Shukurov so‘zga chiqib, “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini yoshlarni dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishishlariga ko‘maklashish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otish maqsadida tashkil etilganligi xaqida gapirib o‘tdi. So‘zi so‘ngida jamoalarga omad tilagan holda musobaqani ochiq deb e’lon qildi.kam2

“Zukko kitobxon” intellektual o‘yinida ishtirok etgan yoshlar soni jami 200 nafarni tashkil etdi.

Jamoalar;

  1. Islom Karimovning-Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch
  2. O‘tkir Xoshimovning-Ikki eshik orasi
  3. Artur Konan Doylning-Sherlok Xolms va doktor Uatsonning sarguzashtlari
  4. Antuan de Sent-Ekzyuperining-Kichkina shahzoda
  5. Abdulla Qahhorning-Muhabbat
  6. Abdulla Qodiriyning-O‘tkan kunlar
  7. Mixail Lermontovning-Zamonamiz qaxramoni
  8. Ernest Xeminguyeyning-Chol va dengiz
  9. Asqad Muxtorning-Chinor
  10. Paulo Koeloning-Alkimyogar asarlaridan iborat kitoblarni mutolaa qilgan holda ishtirok etdilar.

Xakamlar hay’ati tomonidan baxolangan natijalarga ko‘ra, Jizzax Politexnika institutining “Yosh bilimdonlar” jamoasi 6 ball, Jizzax Davlat pedagogika institutining “Zukkolar” jamoasi 10 ball to‘pladi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining Respublika bosqichida ishtirok etishga yo‘llanma oldi.

“Zukko kitobxon” intellektual o‘yini yakunida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alar, faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Ulashish:
1 572
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida Forish tumani hokimi ishtirokida forishlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sohib Islomov, Biznes-ombudsman Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi rahbari S. Usmanov, tuman mas’ul tashkilotlari rahbarlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda...
Talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik tashrif tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimlari, profilaktika inspektori hamda talaba-yoshlar 30-sonli manzil-koloniyasiga tashrif buyurdi.
#stop_korrupsiya_JDPU
“Tengdoshdan tengdoshga korrupsiyasiz kelajak sari» aksiyasi doirasida Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari orasida #stop_korrupsiya chellenji o’tkazildi. Chellenj universitet bo’ylab davom etadi