Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Forish tumani hokimi ishtirokida forishlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sohib Islomov, Biznes-ombudsman Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi rahbari S. Usmanov, tuman mas’ul tashkilotlari rahbarlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda forishlik talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalar startap loyihalarni amalga oshirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, bandlikni ta’minlash hamda tuman markazidan joy ajratish masalalarida taklif va savollar bilan murojaat qildilar.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda universitetda 741 nafar forishlik talaba tahsil olmoqda. 2024–2025-o‘quv yilida 268 nafar bitiruvchidan 262 nafari ish bilan ta’minlangan. Joriy yilda bitiruv arafasida turgan 228 nafar yosh mutaxassisning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Forish tumani hokimligi va universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.Hujjat Forish tumani hokimi Islomov Sohib Yaxshibekovich va universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich tomonidan imzolandi.

Memorandumga muvofiq, ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Forish tumani ta’lim muassasalari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash, talabalarning pedagogik amaliyotini hududda tashkil etish, pedagoglar malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish, ilmiy-amaliy anjumanlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlar belgilab olindi.


Ulashish:
2 691
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.