Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/04/2022
Chop etish
Zarbdor tumanida ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 3 fevraldagi F-22-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida  A.Qodiriy nomli DjDPI rus adabiyoti va uning o‘qitish metodikasi kafedra o‘qituvchilari Zarbdor tumani XTB xodimlari bilan xamkorligida, tumandagi rus tili va adabiyoti o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida,

  rus tili va adabiyoti fanidan faoliyat olib borayotgan tuman  o‘qituvchilarining bilimini kuchaytirish,  bo‘shliqlarni bartaraf etish, pedagogik kompetensiyalarning darajasini oshirish, o‘qituvchilarni ilg‘or metodikalar va innovatsiyalarga o‘rgatish tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminar tashkil etishdi. Ushbu ilmiy-amaliy seminar Zarbdor tumanidagi №1 o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Seminarda DjDPI  o‘qituvchilari, Zarbdor XTB rus tili buyicha uslubchi Burxanova Z.B., Zardor tumani 1-maktab direktori Qarshieva N.M. va Zarbor tumaning 31-ta maktab  rus tili  o‘qituvchilari ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 011
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.