Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/11/2018
Chop etish
Yulduzli tunlar

Abdulla Qodiriy  nomidagi  Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti bilan hamkorlikda ARM Talabalar turar joyi tarmog’ida P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida bo’lib o’tgan davra suhbati

       Qatnashdilar: Boshlang’ich ta’lim fakulteti prof-o’qituvchilari, Boshlang’ich ta’lim fakulteti xotin-qizlar qo’mitasi raisi Isroilova F, talabalar turar joyida yashovchi barcha talabalar va ARM xodimasi Usmanova N

     “Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa Amir Temur siymosini eslashi kerak.”

  Islom Karimov

      Buyuk Temuriylar avlodiga mansub bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur taniqli shoir, betakror g’azal va ruboiylar muallifi, zabardast shoh, olimdir. Shu dilbar shaxs va uning avlodlari haqida betakror asarlar bitgan yozuvchimiz Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” kitobi doimo el ardog’ida bo’lib kelgan.

       Tadbirni Boshlang’ich ta’lim fakulteti xotin-qizlar qo’mitasiraisi Isroilova F ochib berdi. U o’z nutqida “Yulduzli tunlar” ko’p yillardan buyon xalqimiz ko’nglidan chuqur joy egallagan durdona asar ekanligini, uni mutoala qilar ekansiz beixtiyor o’tmishga  qaytib, buyuk ajdodlarimiz tarixi, otlar dupuri, suvoriylarning qilichlari jarangi, sershovqin bozorlar-u, tabiatning inson qo’li tegmagan ajib manzaralari ko’z oldingizda namoyon bo’ladi. Asarni o’qish davomida Bobur siymosi, uning ruhiyatini chuqur anglagandek bo’lasan. Uning qalbida yashayotgan shoh va shoir, nozik qalbidan kechayotgan inju hislarni his qilasan. Suronli yillar davomida qilgan buyuk ishlari, Hindistondek o’lkan mamlakatni qo’lga kirtib, uning xalqini o’z xalqidek ko’rib, amalga oshirgan obodonchilik ishlari, qad roslagan qasrlar, masjid-madrasalar, xonaqoh-u timlar, maktablar kishi qalbini g’urur-iftixorga to’ldiradi.”-degan fikrlarni aytib o’tdi.

     Tadbirda talabalar tomonidan Z.M. Bobur hayotiga oid turli sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbir nihoyatda sermazmun, bahs- munozaralarga boy, qiziqarli va esda qolarli bo’lib  o’tdi.

Mas’ul shaxslar:

Boshlang’ich  ta’lim fakulteti xotin-qizlar qo’mitasi raisi :                    Isroilova F

Axborot-resurs markazi xodimasi :                                                             Usmanova N


Ulashish:
1 537
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.