Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/09/2022
Chop etish
Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

 Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2022-23 o‘quv yili “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida ko‘tarinki ruh, o‘zgacha zavqu shavq-la boshlandi.

Mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalaridagi kabi Jizzax davlat pedagogika universitetida ham Bilimlar kuni Mustaqillik darslari bilan boshlandi. Mazkur ta’lim dargohining joriy yilda qabul qilingan uch mingdan ziyod  talaba yoshlari uchun bu tadbir o‘zgacha kechdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Mazkur darslarning yuqori saviyada o‘tishi uchun ta’lim muassasalarning eng tajribali va malakali ustozlari jalb qilindi. Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan  mustaqillik darsini oliygoh rektori Sh.Sharipov olib bordi. Mashg‘ulotlar va “Mustaqillik” darsi uslubiy qo‘llanma va tarqatma materiallar asosida hayotiy misollar, faktlar va aniq raqamlarga tayanib, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazildi.

 

Oliygohning har bir fakultetlarida bo‘lib o‘tayotgan mustaqillik darslarida fakultet tarixi, professor-o‘qituvchilar va talabalarning yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi.

Bir so‘z bilan aytganda “Mustaqillik” darslarida mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, istiqlol yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar, ezgu qadriyatlar va oliy ta’limga e’tibor hamda tinchlik – eng oliy ne’mat kabi mavzular talabalarga tushuntirish berildi. Xususan, o‘tgan 31 yil davomida yurtimizdagi barqarorlik, tinch va osuda hayot, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarning teran ildiz otganiga  urg‘u berildi.

 

 


Ulashish:
889
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.