Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2022
Chop etish
“Xalqaro talablarga mos ilmiy maqolalar yozish va chop qilishga oid eng muhim masalalar” mavzusida ilmiy seminar-trening bo`lib o`tdi.

Jizzax davlat pedagogika institutida “Support Science” MCHJ Imiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Xalqaro talablarga mos ilmiy maqolalar yozish va chop qilishga oid eng muhim masalalar” mavzusida ilmiy seminar-trening bo`lib o`tdi. Ushbu seminar treningda kafedra mudirlari, doktorantlar, yosh tadqiqotchi olimlar ishtirok etishdi.
Seminar-treningni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor G`.Qodirov kirish so`zi bilan ochib berdi. Shundan so`ng “Support Science” MCHJ Imiy-tadqiqot markazi ilmiy konsultantlari Nodir Karimov va Ozdobek Ne`matovlar “Xalqaro talablarga mos ilmiy maqolalar yozish va chop qilishga oid eng muhim masalalar” mavzusida ma`ruza taqdimotlari o`tkazishdi. Seminar-trening davomida bepul va ochiq ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar asosida xalqaro talablarga mos ilmiy maqolalar yozish, nufuzli bazalarda indekslanadigan ishonchli jurnallar topish, tekshirish va chop qilish, Scopus, Web of Science, Google Scholar kabi xalqaro bazalari farqi va afzalliklari to`grisida ma`lumot berib o`tildi. Ma`ruza so`ngida savol-javob tarzida muhokama bo`lib o`tdi.

 


Ulashish:
810
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.