Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/01/2021
Chop etish
“UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INNOVATSIYALAR VA O‘QITISh AMALIYOTI”

Zomin tumani №1 sonli  umuta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi. Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti hamda Zomin tumani halq ta’limi bo‘limi ta’lim muassasalarini metodik ta’minlash bo‘limi  hamkorligida tashkil qilingan ushbu tadbir Zomin tumanidagi №1  umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884 sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan ushbu tadbirni Zomin tumani XTB mudiri A.Ergashev ochibberdi. So‘ngra Chet tillar fakulteti dekani prof. A.Mamatov davom ettirdi. A.Mamatov o‘z so‘zida institutga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarni ilg‘or tajribalarni joriy qilish maydonchasiga aylantirish, o‘qituvchining IT kompetensiyalarini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatni yanada rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratish, Ingliz tilini o‘qitishda eng ilg‘or tajribalardan foydalanish  lozimligi xususida ta’kidlab o‘tdi. Ikki taraflama hamkorlik ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda kelajakda yetuk kadrlarning yetishib chiqishiga xizmat qilishi yana bir bor ta’kidlandi.  So‘zga chiqqanlar bu borada o‘z fikr mulohazalari va takliflarini ham bildirib o‘tishdi.

 

Shundan so‘ng Chet tillar fakulteti malakala professor-o‘qituvchilari Sh.Uzoqova, A.Jabborova, M. Jo‘raeva, F.Sharipov, S.Mirzaakbarov, K.Jonuzoqovalar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.


Ulashish:
833
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.