Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2022
Chop etish
Turkiyalik professor Erjan Alkaya rektor qabulida bo‘ldi…

Xabaringiz bor Jizzax davlat pedagogika instituti keyingi yillarda xorijdagi bir qator nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Hamkorlik natijasida  institutdagi profesor-o‘qituvchilar xorijlik olimlar bilan turli mavzudagi ilmiy monografiyalarni chop ettirishga muvaffaq bo‘lishmoqda.

Yaqindagina Turkiya Respublikasi, Firat Universitetining “Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlari” bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Erjan Alkaya va  Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori  Umurzoq Jumanazarov, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc), professor  v.b Guljahon Jumanazarovalarning Turkiya Respublikasida nashr etilgan “Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiyasi taqdimotiga o‘tkazilgan edi. Bugun ushbu kitobning mualliflaridan biri Turkiya Respublikasi, Firat Universitetining “Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlari” bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Erjan Alkaya Jizzax davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Institut rektori Sh.Sharipov bilan kechgan samimiy  suhbat davomida professor Erjan Alkaya yaqin kunlarda ayni mualliflar bilan hamkorlikda ikkinchi  “Jaxon halqlari adabiyoti” kitobi nashrdan chiqish arafasida ekanligini,  ikki kunlik tashrifi davomida institutdagi  talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan yaqindan tanishish niyati borligini bildridi. O‘z navbatida institut rektori Sh.Sharipov xorijlik olimlarimiz bilan hamkorlik ishlarni  qo‘llab-quvavatlashini, bunday samarali hamkorlik natijasida turli  ma’lumotlar asosida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari, har ikkala oliygoh talabalari, ustozlar  qolaversa o‘quvchilar uchun doim kerakligini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng mehmon institutnigg Ilmiy ishlar va innovatsiyalar  bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov bilan uchrashdi.

 


Ulashish:
838
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...