Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2017
Chop etish
To‘lqin Alimardonovning “O‘chmas sharaf” nomli kitobi yuzasidan taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 noyabr kuni axborot-resurs markazining Majlislar zalida axborot-resurs markazi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida To‘lqin Alimardonovning “O‘chmas sharaf” nomli kitobi yuzasidan taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Taqdimotni institut ma’naviyat ishlari  bo‘limi boshlig‘i F.Qo‘shnazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi:

“Respublikamizni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, vatanimiz  taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan,  ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan xalqimizning unutilmas yetakchisi va suyanchiga aylangan, ijodi bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash maqsadida 2017 yil 27 martda qabul qilingan Prezident farmoni xalqimiz ruhiyatini yanada ko‘tarib yubordi”.

So‘ngra, ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilova “O‘chmas sharaf” monografiyasi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi: “T.Alimardonov qalamiga mansub “O‘chmas sharaf” monografiyasi buyuk davlat arbobi, ulug‘ adib, o‘zbek xalqining XX asrda yetishib chiqqan mutafakkir farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib,  mazkur monografiya yosh avlodni ajdodlar qilgan buyuk ishlardan xabardor qilish, shaxsning ziddiyatli va murakkab faoliyatini to‘g‘ri anglash, real qahramonliklarni ko‘rsatib berish va ularga chuqur hurmat ruhida tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi”.

Taqdimotni fiolologiya fanlari nomzodi U.Qosimov davom ettirdi:   “Monografiyada Sh.Rashidovning tarixda qoldirgan izi, hayoti va faoliyati juda ko‘p qirralarga asosan tahlil qilingan, xalq va shaxs, davlat va siyosat tarixiga oid ko‘plab yangi ma’lumotlar taqdim etilgan. Uni o‘qish davomida kitobxon millatning haqiqiy fidoiy farzandi tomonidan qaramlik sharoitida O‘zbekistonda qanchalar ulug‘vor ishlar qilinganligini xolis tahlillar va dalillar vositasida anglab oladi”.

Shuningdek, Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Eshkuvvatov Muhammad so‘z olib, ushbu monografiya yuzasidan o‘z fikr – mulohazalarini  bildirdi: “Risola markazida Sharof Rashidov timsoli turadi. Timsol doirasiga qarab bir kichik risolada bir necha yuzlab chiziqlar tortiladi va bularning har biri bir soha belgisi. Bu quyosh barkashining ming-minglab torlarda nur taratishiga o‘xshab ketadi. Ularning har biri ustida qilingan talqinga oid fikrlar kishini to‘lqinlantiradi”.

Shuningdek, institut ARM bo‘lim boshlig‘i M.Hayitova so‘zga chiqib, “Bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va buyuk ajdodlarimizning  ibratli hayot yo‘lidan voqif etishdan iborat”- deb ta’kidladi.

 

Tadbir yakunida  talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. So‘ngra   ARM xodimasi D. Jabborova  taqdimot ishtirokchilariga “Sharof Rashidov- 100 yoshda” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasini qisqacha sharhlab berdi.


Ulashish:
1 412
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...