Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/11/2023
Chop etish
«Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” fani doirasida ma’naviy va madaniy tadbir tashkil etildi

JDPU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari 3-kurs talabalari “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” fani doirasida ma’naviy va madaniy tadbir tashkil etdilar.

Tadbirda 3-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Ular tomonidan ingliz yozuvchilaridan U.Shekspirning “Romeo va Julietta”, «Otello»  kabi  tragediyalari, Bernard Showing «Pygmalion» asari, Charles Dickensning » New Years’ Carol» asari, Jane Austenning «Andisha va g‘urur» asari, J. K. Rovlingni «Garri Potter»  asari sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir davomida fakultet iqtidorli talabalari tomonidan ifodali she’r va qo‘shiqlar ham ijro etildi.

Tadbir so‘nggida guruhlarning sahnaviy ijrosi hakamlar hay’ati tomonidan turli xil nominatsiyalar berilgan sertifikatlar va badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.

Tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi va mazmunli o‘tdi.


Ulashish:
736
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Georgia universiteti huzuridagi GATESOL vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.