Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/05/2022
Chop etish
“Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi xalqaro miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi xalqaro miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Ushbu konferensiyaga  respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari  professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Hindiston, Finlandiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalaridan  mutaxassislari tomonidan maqolalar taqdim etilgan edi.

Sohaga oid qiziqarli mavzular jumladan, tilshunoslikning nazariy va amaliy muammolari, adabiyotshunoslikni takomillashtirishning dolzarb masalalari, badiiy nutq va uslub, tarjimashunoslik masalalari, globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotni o‘qitish muammolari kabi  yirik masalalar ma’ruzalar orqali yig‘ilish ishtirokchilariga havola etildi.

Ishtirokchilar o‘rtasidagi   qizg‘in bahs-munozaralar oqali  tilshunoslikka oid muammolar va ularning  nazariy jihatlari ko‘rsatib berildi. Konferensiyada turkiyalik professor Erjan Alkaya ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.


Ulashish:
837
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.