Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2017
Chop etish
“Talabalarning kitobxonlik haftaligi” doirasida “Assalom, Navro‘z” nomli tadbir o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti  Ma’naviyat-targ‘ibot markazi majlislar zalida 2017 yil 15 mart kuni institut Axborot resurs markazi hamda Jismoniy madaniyat fakulteti va Musiqiy ta’lim yo‘nalishi hamkorligida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Talabalarning kitobxonlik haftaligi” doirasida “Assalom, Navro‘z” nomli tadbir o‘tkazildi.22

Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘lim boshlig‘i F.Qo‘shnazarov, Axborot resurs markazi direktori R.Ishnazarova, Musiqiy ta’lim yo‘nalishi katta o‘qituvchisi A.Maxammatov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o‘rinbosari A.Bo‘riboev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida Axborot resurs markazi direktori R.Ishnazarova, Musiqiy ta’lim yo‘nalishi katta o‘qituvchisi A.Maxammatov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o‘rinbosari A.Bo‘riboevlar tabrik so‘zi bilan barchani qutladilar. Tadbirda “Navro‘z nashidasi”, “Navro‘zning kelib chiqish tarixi va xalq an’analari haqida”, mavzuga doir adabiyotlar ko‘rgazmasi sharhi, Navro‘z-shoirlarimiz nazmida kabi talabalar o‘rtasida mushoiralar bahslari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek talabalar tomonidan Navro‘zni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov yakunladi.


Ulashish:
1 437
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...