Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/03/2022
Chop etish
Talabalar  “Shirokaya Maslenitsa” bayramida ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv yashamoqda. Ularning o‘z madaniyati, urf-odat va an’analarini asrab-avaylashi va rivojlantirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu ijtimoiy kelib chiqishi, dini, millatidan qat’i nazar, barchamizni shu Vatan farzandi sifatida yagona maqsadlar atrofida birlashib, yurt ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga undamoqda.

Shu kunlarda rus xalqining milliy bayrami – “Shirokaya maslenitsa” mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Jizzax davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti fakulteti  professor-o‘qituvchilari, talabalari Jizzax viloyati  Rus milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bayram tantanalari ham tabiat bilan inson o‘rtasidagi azaliy bog‘liqlikni tarannum etuvchi dastur va qiziqarli tomoshalarga boy bo‘ldi.

Bayramda “Shirokaya maslenitsa” tarixi, uni nishonlash bilan bog‘liq urf-odat va an’analarning mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Rus milliy kuy-qo‘shiqlari, yosh iste’dodli talaba yoshlarning  badiiy chiqishlari saylga o‘zgacha tarovat bag‘ishladi.

 


Ulashish:
805
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.