Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Savollar
Savollar
|
22/06/2022
Chop etish
Talaba bir o’quv yili mobaynida kontrakt to’lovini bo’lib bo’lib to’lash imkoniyatiga egami

JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida»gi PF-5953 – son Farmonining 18-bandiga muvofiq Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020/2021 o’quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o’quv yili davomida teng ulushlarda kamida to’rt marotaba o’qish uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishini taminlash belgilangan.

Belgilangan to’lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15 sentyabrgacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keying bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori ) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha.

Belgilangan to’lov miqdorining kamida 50 foizini 1 yanvargacha,75 foizini 1 aprelgacha va 100 foizini 1 iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori ) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha.

Xorijiy fuqorolar uchun oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori ) tomonidan belgilangan muddatlargacha.

Tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida tabaqalikka tavsiya etilgan abiturientlarga o’quv yilining birinchi yarmi uchun to’lovlarni amlga oshirish muddati va miqdorlari Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori ) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirish.

Bunda, to’lov miqdorini belgilangan muddatlargacha qismlarga bo’lib to’lashga ruxsat beriladi.


Ulashish:
2 783
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida Forish tumani hokimi ishtirokida forishlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sohib Islomov, Biznes-ombudsman Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi rahbari S. Usmanov, tuman mas’ul tashkilotlari rahbarlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda...
Talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik tashrif tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimlari, profilaktika inspektori hamda talaba-yoshlar 30-sonli manzil-koloniyasiga tashrif buyurdi.
#stop_korrupsiya_JDPU
“Tengdoshdan tengdoshga korrupsiyasiz kelajak sari» aksiyasi doirasida Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari orasida #stop_korrupsiya chellenji o’tkazildi. Chellenj universitet bo’ylab davom etadi